Hazorasp tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limida 5-iyul kuni "Raqamli Iqtisodiyotni rivojlantirish markazi" tomonidan Òzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning "PF-6079-sonli" farmoniga asosan, elektron tizimlar bilan faoliyat yuritayotgan barcha idora-tashkilot hodimlari uchun malaka oshirish kursi bo'lib o'tdi. O'quv-amaliy malaka oshirish seminarida Xorazm viloyatida axborot texnologiyalarini keng joriy etish maqsadida idora va tashkilotlarda "edo.ijro.uz", "lawyer.ijro.uz", "e-huquqshunos", "e-murojaat.uz", "e-xat" himoyalangan elektron pochta tizimi va boshqa sohaviy axborot tizimlarida sifatli ishlashini ta'minlashga qaratilgan. O'quv-amaliy seminarini viloyat hokimligining hamda tuman hokimligining tegishli xodimlari olib boroshdi. O'quv-amaliy seminarida savol-javoblarga boy bo'lib, qatnashchilar o'zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi. Seminar yakunida idora-tashkilotlar xodimlari maxsus sertifikatlar bilan taqdirlandilar.


